QADRIYATGA AYLANGAN FAOLIYAT

O‘zbek oilalaridagi e’tiborga loyiq yaxshi udumlardan biri – farzandlarni yoshligidanoq ma’lum bir kasb-hunarga, umuman, mehnatga o‘rgatib borilishidir. Bugungi kunda ham ko‘plab ota-onalar farzandlarining eng avvalo biror hunar egasi bo‘lishini istaydi. Zargarlik, misgarlik, kulolchilik, naqqoshlik, zardo‘zlik, kosiblik kabi ajdodlarmizdan qolgan hunarlar el ichida e’zozlanib kelingan.

Tadbirkorlik azal-azaldan xalqimizga xos fazilat bo‘lib, bu jihat oila muhitida tarbiya vositasida shakllantirilgan. Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan birgalikda boshqarish va tasarruf etish huquqi bo‘yicha faoliyat yurituvchi soha sanaladi.

Istiqlol yillarida barcha sohalar qatori milliy hunarmandchiligimiz rivojlandi, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, do‘ppido‘zlik, kashtado‘zlik, zargarlik, kulolchilik kabi qator kasb ustalari o‘z mehnat namunalari bilan jahon sahnasiga chiqdilar. Bir so‘z bilan aytganda, respublikamizda kichik biznes, kasanachilikning shakllanishi uchun barcha imkoniyat va imtiyozlar yaratib berildi.

Ta’kidlash o‘rinliki, tadbirkorlikka dastlabki qadam, aynan oiladan boshlanadi. Demak, bu har bir xonadon, qolaversa, mahalla aholisining ijtimoiy manfaatlariga tadbirkorlik faoliyati to‘la mos keladi. E’tiborlisi, oila a’zolari bilan birgalikda tadbirkorlik bilan mashg‘ul aholi vakillari qisqa vaqt ichida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim harakatlantiruvchi kuchi, qishlog‘u shaharlarimizdagi ishbilarmonlarning asosiy bo‘g‘iniga aylandi. Oilaviy biznes eng qulay faoliyat turlaridan biri sifatida bevosita oila va uning a’zolari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, bozor talablariga tez moslasha oladi. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, oilaviy biznesning tez va ko‘lamli rivojlanishi yo‘lida zaruriy shart-sharoitlarni taqdim etish har doimgidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oilaviy biznes yoki tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yuvchilar – muayyan oila a’zolari bo‘lmish er-xotin va ularning farzandlari yoki bir xonadonda birga yashaydigan yaqin qarindoshlardir.

Bugungi kunda oilaviy tadbirkorlikka bandlikni ta’minlash, aholi farovonligini yuksaltirishning eng muhim omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Uni iqtisodiyotning tayanchi va harakatlantiruvchi kuchi deb e’tirof etishlarining boisi ham, aslida mana shunda. Oilaviy biznesning o‘ziga xosligi shundaki, u ko‘p asrlik oilaviy an’analar, qadriyatlar bilan uyg‘un rivojlanadi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, oilaning mustahkam bo‘lishida, moddiy va ma’naviy ehtiyojlar, oila muhitining barqarorligiga bevosita bog‘liqdir.

Joylarda oilaviy sulolalar tomonidan biznes sub’yektlarini tashkil etish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatroda maishiy xizmat ko‘rsatishda ham oilaviy tadbirkorlik sub’yektlarini yo‘lga qo‘yish ayni muddaodir.

Yana o‘qing:  VATANPARVARLIK saboqxonasi

Oilaviy biznesni hayotga keng tadbiq etilishi bir qator vazifalarni tez va ijobiy hal etishda qo‘l keladi. Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va farovonligini yuksaltirishdek muhim vazifalarni oddiy asoslarda hal etish imkonini beradi. Shu bilan birga, oilaviy biznes har bir farzandning mehnat haqidagi dastlabki tasavvurlari, kasbga bo‘lgan qiziqish va intilishi, zamonaviy bilimlarni o‘rganishga bo‘lgan harakatini belgilashda tarbiya o‘chog‘i bo‘lib xizmat qiladi.

O‘tkirbek SOBIROV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: