Ruhiy zo‘riqish darajasini aniqlaydi
Madrid politexnika universiteti olimlari tomonidan yaratilgan yangi uskuna organizmning ishlash tartibini tahlil qiladi va qayd qilib boradi.
U maxsus moslamaga ulangan bo‘lib, tomir urishi bilan birga, terining qo‘zg‘alish darajasini qayd qiladi va dasturlangan qurilmada tahlilni namoyish etib boradi. Yig‘ilgan ma’lumotlarning jamlanmasi orqali esa inson kayfiyatining qay holatda ekanligini bilish mumkin.
Olimlarning fikriga ko‘ra mazkur asbob insonlardagi ruhiy zo‘riqish holatining ehtiyot chorasini oldindan aniqlashi mumkin. Jumladan, yangi ixtiro yordamida haydovchilarning rul chambaragida uxlab qolishdek xavfli jarayonlarning oldi olinadi.
Bundan tashqari uskuna haydovchining harakatlanish chog‘idagi ruhiy holatini qayd qilib boradi. Shuningdek, ofisda faoliyat yurituvchi ishchilar hamda insonlar bilan doimiy aloqada bo‘luvchi kasb egalari uchun ham mazkur moslama muhim sanaladi, – deb ta’kidlamoqda ixtirochilar.
X. HUSENOVA