Yil tarbiyachilari aniqlandi

Poytaxtimizda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari o‘rtasida “Yil tarbiyachisi – 2016” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning kasb mahorati va malakasini oshirish, sohaga innovatsion yangiliklarni joriy etish, ijodkor tarbiyachilarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Ushbu tanlovda ishtirok etgan tarbiyachilarning bilim va iste’dodi to‘rtta shart bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. Test sinovi, tarbiyachilarning o‘zlari yasagan didaktik materiallari taqdimoti, “Bugungi tarbiyachi qanday bo‘lishi kerak?” mavzuidagi chiqish hamda ertak, hikoya va masallardan parcha ijro etish hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Yakunda Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahridagi 28-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Gulasal Zaynobiddinova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Samarqand shahridagi 60-maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Munavvar Qobilova ikkinchi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi 259-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Munisa Olimova uchinchi o‘ringa loyiq topildi.

Vasila PO‘LATOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi tashkil etiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: