Bitiruvchilar ko‘rgazmasi

Toshkent Fotosuratlar uyi huzuridagi ijodiy maktab-studiya bitiruvchilarining Sog‘lom ona va bola yiliga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmasi ochildi.

Mamlakatimizda yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularni milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish, iste’dodini yuzaga chiqarish uchun zarur sharoit yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotir.

Ijodiy maktab-studiya mana o‘n yildirki, fotografiya san’atiga qiziquvchi yoshlarning amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘z tengdoshlari ijodi bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish imkonini yaratmoqda.

Bu galgi ko‘rgazmada Madina Islomova, Oynisa Azimxo‘jayeva, Irina Suxina, Bekzod Rahimjonov, Jamol Sandiboyev, Aziz Foziljonov, Vladimir Zavodov, Georgiy Chankov, Bogdan Yumatov kabi havaskorlarning yurtimiz betakror tabiati, madaniyati, san’ati, samimiy va mehnatsevar odamlari aks etgan ikki yuzga yaqin ijodiy ishi namoyish etilmoqda.

V. PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: