Malakali kadrlar tayyorlash yo‘lida

Milliy matbuot markazida mamlakatimizda tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va mutaxassislikka yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Alimov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida aholi salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidladi.

Bugungi kunda yurtimizdagi o‘n to‘rtta tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtida sog‘liqni saqlash tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. Jahon andozalari darajasida barpo etilgan va yuksak ta’lim hamda tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan saksonga yaqin tibbiyot kollejida yosh mutaxassislarga olti yo‘nalishda saboq berilmoqda.

Matbuot anjumanida tibbiy oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash, shifokor va hamshiralarning malakasini oshirish tizimida erishilayotgan natijalar, ilm-fan yutuqlari, iqtidorli yoshlarning ta’lim va fan taraqqiyotida tutgan o‘rniga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir doirasida tibbiy ta’lim tizimida erishilayotgan natijalar, tibbiyot ilm-fani yangiliklari aks etgan ko‘rgazma ham namoyish etildi.

O‘Z MUXBIRIMIZ

Yana o‘qing:  Tinchlik kuyin kuylayotgan favvoralar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: