7 kun davomida
Andijon viloyatidagi harbiy shaharchalardan birida harbiy xizmatchilar uchun qurilgan yangi uy foydalanishga topshirildi. 16 xonadondan iborat 2 qavatli ushbu bino harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun mustaqillik bayramiga haqiqiy sovg‘a bo‘ldi.
Navoiy viloyatida “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilarining dolzarb g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari, yangi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yish borasidagi loyihalari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Milliy matbuot markazida mamlakatimiz aholisiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning bugungi holati va istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo viloyatida “Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari asosida tayyorlandi.