Taraqqiyot tasmasi
Vodiyni Toshkanga
bog‘lagan rishta.
Chinni Ovro‘paga
chog‘lagan rishta.
O‘zbekning olamga
ezgu izhori:
Tinchlik tumori bu,
do‘stlik tumori.
Yangi sahifasi
oydin hayotning –
tasmasi bog‘landi
taraqqiyotning.
Zabardast yelkadan
zo‘r tashvish tushdi.
Qamchiq dovonida
po‘lat iz tushdi.
Zahmatga chap berdi
temir G‘irotlar.
necha Toshalilar,
necha Po‘latlar.
Jo‘shqin ish qaynadi
kunduzu kecha,
tog‘lar biqinidan
ochdi daricha.
Navoiy nazmidan
asrlar hatlab.
Dunyoga azim yo‘l
soldi Farhodlar.
Bobolar ruhi shod,
bu qadim Vatan –
Buyuk ipak yo‘li
Tiklandi qayta.