Yoshlar – sog‘lom turmush tarafdori

Buxoro viloyatida taniqli san’atkorlar, sportchilar va iste’dodli yoshlar ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bugungi globallashuv davrida yoshlarni turli tahdid va xurujlardan asrash, ularni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirish va o‘z domiga ilintirishga harakat qilayotgan kuchlarga qarshi kurashish jahon miqyosida eng muhim vazifaga aylandi. Dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan giyohvandlik illati ana shunday tahdidlar sirasiga kiradi.

Buxoro viloyatida ham yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Buxoro shahridagi “Yosh aloqachi” oromgohida o‘tkazilgan “Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz!”, “Biz – giyohvandlikka qarshimiz!” aksiyalari ommaviy tadbirga aylandi. Bu yerda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati shahar kengashi faollari ko‘magida turli sport musobaqalari, viloyat narkologiya dispanseri shifokorlari ishtirokida giyohvandlikning zararli oqibatlari va uning oldini olishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Oromgoh qoshida faoliyat yuritayotgan drama to‘garagi “Biz – giyohvandlikka qarshimiz!” deb nomlangan sahna ko‘rinishi namoyish etdi.

 

Gulnora ASTANOVA,

Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2014/32)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: