Ozod yurtning erkin minbari

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasida “Ozod yurtning erkin minbari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun hayotimizning biror sohasini ommaviy axborot vositalari faoliyatisiz tasavvur etish qiyin. Yurtimizda matbuot va ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchi yanada ortib, xalqimiz o‘rtasida “To‘rtinchi hokimiyat” sifatida tobora katta ishonch va hurmat qozonib bormoqda. Bunda albatta jurnalistlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarining minglab zahmatkash xodimlarining mashaqqatli mehnati mujassam.

O‘tgan yillar davomida xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida olib borilayotgan ishlar, mamlakatimiz ayollarining erishayotgan muvaffaqiyatlari, ularning yutuq va muammolari, yurtimiz rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi matbuot, radio va televideniye orqali jonkuyar jurnalistlarimiz tomonidan munosib yoritib kelinmoqda. Mazkur uchrashuvda OAV xodimlari bilan xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida olib borilayotgan ishlar, qilinishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar hamda kelgusidagi rejalar bilan o‘rtoqlashib hamkorlik qilish belgilab olindi.

Yulduz RAHMATOVA

Yana o‘qing:  Xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining yana bir yorqin namoyishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: