Asabni asrash borasida buyuklar nima deydi?
Hamma kasalliklarning kelib chiqish sabablari asabga borib taqaladi. Chunki asab tizimining qo‘zg‘alishi barcha kasalliklar asosi hisoblanadi. Bu haqida buyuk olimlar shunday deyishgan.
Odam umrini qisqa qiluvchi ta’sirlardan eng yaramasi asabning buzilishi va nomatlub odatlar: g‘am, tashvish, qo‘rquv, zerikish, ko‘z yoshi, ko‘rolmaslik va g‘animlikdir.
X. Gufeland
Hasad davosiz darddir. Bu dardga yo‘liqqanlar hamisha birovning shodligidan g‘amnok bo‘ladilar.
Ibn al – Mukaffo
Organizm uchun salbiy tuyg‘ular mana bular: baxillik, qahr, xunoblik, rashk, dahshat, ikkilanish, shubha, uyat, sarosimalik, jahl, nafrat, qoniqmaslik, achinish, g‘am, xafagarchilik, vijdon azobi, toqatsizlik, makr, norizolik, noumidlik, ranjish, tashvish, ozor, qo‘rqish, xo‘rlik, haqorat, yomon ko‘rish, adovat.
A. N. Luk
Kim yomonlik urug‘ini eksa, pushaymonlik mevasini o‘rib oladi.
Sa’diy Sheroziy
Birinchi nohaq ayblash pisand qilinmaydi, ikkinchi nohaq ayblanish og‘ir botadi, uchinchi marta ayblanish jarohat qoldiradi, to‘rtinchi ayblanish o‘ldiradi.
F. Volter
Ruhiy azob chekish kasallik keltiradi, azob – uqubatni og‘irlashtiradi.
I. L. Danilevskiy
Qo‘pol, birovning sevinchini ko‘rolmaydigan odam faqat o‘z yaqinlarinigina infarkt qilib qo‘ymay, balki o‘zini ham halokat girdobiga yo‘liqtiradi.
Z. Yanushkevichus
Ko‘z yoshi yomg‘irdek o‘tib ketadi, so‘ng odam qushdek yengil bo‘ladi, tinib – tinchiydi.
I. S. Turgenev
Hech qanday g‘am dahshatli emas, lekin undan qo‘rqish xavflidir.
Chokke
G‘amga berilsang, u seni battar girdobga tortadi.
V. Shekspir
Zahar kishi birovga zarar keltirgunga qadar o‘ziga zarar keltiradi.
Avgustin
Hayotiy tashvish, mashmashalar ham o‘zicha kasallik oqibatlaridir.
M. Ya. Mudrov