Allergiya qanday yuzaga keladi?

Bu har xil moddalarning organizmga tushishi ta’sirida organizmning noodatiy javob reaksiyasidir. Shu reaksiyani keltirib chiqaradigan modda allergen deb ataladi. Eng ko‘p tarqalgan allergen omillari bu-chang, mog‘or va ozuqa mahsulotlari hisoblanadi. Allergen omillari nafaqat bahor oylarida, balki yil davomida bizni qurshab yuradi.

Barcha allergenlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

Nafas yo‘llari orqali tushadi: har xil daraxtlar, gullar va o‘simliklarning changi, hayvonlar yunglari, qazg‘oq va zamburug‘lar. Ro‘zg‘orda va ishlab chiqarishda ishlatiladigan kimyoviy vositalar, o‘lik hasharotlarning tana parchalari.

Teri orqali tushadigan: kiyim-kechak, pardoz vositalari, metallar, tozalash uchun mahsulotlar, dori vositalari va o‘simliklar.

Oziq-ovqat orqali tushadigan: ozuqa mahsulotlari, biologik qo‘shimchalar.

In’yeksiya yo‘llari orqali tushadigan: dori vositalari, hasharotlarning chaqishi.

Barcha kasalliklar qatori allergiya ham o‘z sabablariga ega va shu sabablarni aniqlab, uning rivojlanish ehtimolini kamaytirishimiz mumkin.

Tez-tez shamollash, ko‘pincha viruslar chaqiradigan allergiyaning qo‘zg‘atishi yoki avj olishiga turtki bo‘ladi. Allergiyaning alohida sabablarini aniqlash uchun, albatta vrach-allergologga murojat qilish va mutaxassis shifokorning tavsiyalarini olish zarur.

Yana o‘qing:  Biz nima uchun yostiqda uxlaymiz?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: