Ye vitamini – chekishga qarshi
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ogayo shtati mutaxassislari Ye vitaminini iste’mol qilish chekishdan xalos bo‘lishni istovchi bemorlarda qon-tomir funksiyasi faoliyatini yaxshilashini ta’kidlashmoqda.
16 nafar chekuvchilardan iborat tadqiqot qatnashchilari terapevt dasturi asosida chekishni tashlash muolajalarini boshlashdi. Ular 7 kun davomida doimiy ravishda 500 mg. gamma-tokoferolni iste’mol qilishdi. Qatnashchilarning yallig‘lanish ko‘rsatkichlari qayd qilindi va tadqiqot jarayonida ularning o‘zgarish sur’atlari qayd qilib borildi. Bemorlar Ye vitaminini iste’mol qilishni boshlashi bilan qon-tomir faoliyati o‘rtacha 2, 8 foizga faollashgani qayd etilgan.
H. XUSENOVA