Charaqlagan oftob – xushnudlik sababchisi

Ruhiyatimizdagi bu o‘zgarishlarga oftobning foydali ultrabinafsha nurlari tufayli terimiz ishlab chiqaruvchi D vitamini sababchi ekan. 80 foiz “quyosh vitaminni” oftobda qorayganimiz uchun jigar va teri osti yog‘ qatlamida yig‘iladi. Uning 20 foizi esa oziq-ovqat mahsulotlari bilan organizmga tushadi. Bir kunda 100 gr. losos balig‘ini iste’mol qilish yoki yog‘li sut mahsulotlarini tanovul etishdan ko‘ra quyoshli kunlarda ochiq havoda sayr etish ko‘proq foydaliroq, deyishmoqda mutaxassislar.

D vitamini yetishmovchiligi, ayniqsa, ortiqcha vaznli insonlarda uchraydi. Sababi bu darmondori yog‘da eriydi. Teri osti yog‘ qatlami ko‘p odamlarda ushbu vitaminning miqdori qonda kamayib ketadi. Shuningdek, keksalarda ham vaqt o‘tishi bilan D vitamini yomon o‘zlashtiriladi. Yana me’da-ichak tizimida yallig‘lanish kasalliklari, Kron xastaligi mavjud bemorlarda ham bu vitamin yaxshi so‘rilmaydi. Qondagi D vitamini miqdorini qon tahlilini topshirib bilish mumkin. Organizmda ushbu darmondori kamayib ketsa, odamda osteoporoz (suyaklar mo‘rtligi), mushaklarda bo‘shashish, tanada surunkali og‘riq, qandli diabetning 1 va 2-turi kuzatiladi. Shuningdek, me’da va o‘n ikki barmoqli ichakning yallig‘lanishi, o‘tkir yurak qon-tomir kasalliklari, o‘pka yetishmovchiligi, revmatoidli artrit kuzatiladi. Yana bemorda ruhiy tushkunlik, turli infeksiyalarga tez chalinuvchanlikka moyillik hamda xotiraning susayishi, saraton, erta qarish alomatlari ko‘zga tashlanadi.

 

GULSHIRIN

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: