Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat siyosatining ustivor vazifalaridan biri etib belgilandi.

Millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, aholining turmush farovonligini hamda uzoq umr ko‘rish darajasini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, sog‘lom avlodning dunyoga kelishi, uning tarbiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga izchil tatbiq etib kelinmoqda.

Davlatimiz rahbarining “2014–2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘ligini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori yosh avlodning ma’nan va jismonan kamolotini ta’minlashda, aholi salomatligini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Joriy yilning aynan “Sog‘lom ona va bola yili” deb nomlanishining tag zamirida ham aynan shu sa’y-harakatlarning qanchalik keng quloch yozganining guvohi bo‘lamiz.

Parkent tumani “Kumushkon” qishloq fuqarolar yig‘inida tibbiy aksiyaning o‘tkazilishida yuqorida ta’kidlangan maqsadlar mushtarakligini ko‘rish mumkin. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur aksiyada fondning Toshkent viloyati hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi shifokorlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatdi.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Aksiyada yolg‘iz keksalar va nogironlar, kam ta’minlangan oila a’zolari tibbiy tekshiruviga alohida e’tibor qaratildi, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali direktori Muhabbat Yo‘ldosheva. – Bemorlarga zarur holatlarda sanitariya-gigiyena vositalari, dori-darmonlar berilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi tomonidan 130 dan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 200 ga yaqin oilaning ijtimoiy sharoiti, ulardagi psixologik muhit va bolalar sog‘lig‘i o‘rganilgan. Brigada shifokorlari 38 ta qishloq vrachlik punkti va 2 ta ko‘ptarmoqli markaziy poliklinikada bo‘lib, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan.

Tashkilotchilarning nuroniylar, jismoniy imkoniyati cheklanganlar, ijtimoiy muhofazaga muhtojlar holidan xabar olishi, muruvvat yordamlari ko‘rsatishi aksiya qamrovining kengayishiga xizmat qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib o‘sishi, aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatning shakllanishi, turmush tarzining yuksalishiga xizmat qiladi.

Yana o‘qing:  Sportchi qizlarga bayram sovg‘asi

Aksiya doirasida olimlar, yozuvchilar, san’atkorlar, sportchilar ishtirokida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida jamlagan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Vatan, istiqlol, tinchlik va ezgulikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

 

Gulchehra ShOMALIKOVA,

Parkent agrosanoat kolleji o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: