Bodomning inson salomatligiga foydasi haqida 13 fakt

  • Achchiq bodom yog‘i 8 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan ichilsa, bod ketadi va qorindagi har qanday qurtlar tushadi. Parhezi: non-choydan boshqa narsa yemaslik.
  • Achchiq bodom yog‘ini shirin bodom yog‘i bilan aralashtirib, 10 kun 3 mahal och holda 1 oshqoshiqdan ichilsa, (parhezi bilan) tomoq, asab va miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Achchiq bodom yog‘i sepkillar va nuqtali qontalash izlarga surtilsa yo‘qotadi, oftobda qorayishga surtilsa foyda qiladi.
  • Yuzdagi ajinlarni yozib yuboradi, ildiz qaynatmasi sepkilga surtilsa daf qiladi.
  • Shirin bodomga baravar shakar qo‘shib, tuyib 3 mahal yeyilsa (50 grammdan 25 kun) semirtiradi.
  • Achchig‘ining yog‘i sharob bilan qo‘shib ishlatilsa eshak yemini tuzatadi ( 3 mahal surtish kerak).
  • Achchig‘i quloq og‘rig‘i va guvillashiga foyda qiladi.
  • Achchiq bodom yog‘iga sharob qo‘shib boshga surtilsa, ho‘l shirinchalar va kepagi ketadi.
  • Achchig‘i yugurdak yaralarga, temiratkiga, uchuqqa sirka va sharob bilan qo‘shib surtilsa foyda qiladi.
  • Achchiq bodom yog‘i yo‘tal, astma, cho‘zma yo‘tal va sariq kasalliklarida 3 mahal 1 choy qoshiqdan ichilsa foyda qiladi. Tuyilgan mag‘zi 3 mahal 1 oshqoshiqdan kapalansa, qon tupurishga foyda qiladi.
  • Achchiq bodom yog‘ini 3 mahal 1 choy qoshiqdan ichilsa, jigar va taloq tiqilmalarini ochadi.
  • Achchiq bodom yog‘i buyrak va qovuqdagi tiqilmalarni ochadi, toshlarni maydalaydi.
  • Buyrak va bachadon og‘rig‘iga, shishlar, bachadon qattiqligi, bola bo‘g‘ilishiga va siyishda qiynalishiga 3 mahal 1 oshqoshiqdan ichilsa foyda qiladi.
Yana o‘qing:  Noni – mislsiz quvvat manbai

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: