Taekvondochilarimizning olamshumul g‘alabasi

O‘zbekiston taekvondo ITF terma jamoasi 10-13 iyun kunlari Italiyada o‘tkazilgan WASCO yo‘nalishidagi X jahon chempionatida ishtirok etdi.

Quvonarlisi, Sharq yakka kurashchilarimiz jahon chempionati yakunida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalashdi.

Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 32 davlatidan 600 nafardan ziyod sportchilar medallar uchun dayanga chiqishdi. Turnirda yurtimiz sharafini 50 nafar sportchi himoya qildi.

Bahslar mobaynida til va massogi yo‘nalishlarida Oynoz G‘aniyeva, Behruz Shoniyozov, Umid Shog‘iyev, Abdug‘ofur Ergashboyev, Suhrob Komilov, Dilnoza Mahamadaliyeva, Furqat Bozorov, Bahodir Xolbekov, Shohjahon Burhonov, Abdukozim Isroilov, Abdurauf Irisboyev, Jasur Salimov, Oybek Mirzohidov, Hasan Rahmonov, Abdug‘ofur Abdullayev, Farangiz Aliyevalar oltin medalga sazovor bo‘lishdi.

Yakunida yoshlar va kattalar hamda faxriylarimiz jami 22ta oltin, 16ta kumush, 34ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Chempionat yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: