Nazariya va amaliyot taqdimoti

Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanida o‘tkazilgan “Yil tarbiyachisi – 2016” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 15 nafar maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi o‘zaro bellashdi.

Tanlovda ishtirokchilar 4 shart bo‘yicha bilim va iste’dodini namoyish etdi. Tarbiyachilarning o‘zlari yasagan didaktik materiallari taqdimoti hamda ularning ertak, hikoya va masallardan parcha ijro etish mahorati yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Yakunda Zangiota tumanidagi 4-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Nigora Rahimova birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Faol ishtirokchilarga maxsus nominatsiyalar bo‘yicha diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dilorom TOJIBOYEVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: