Antiqa velosiped
Agar velosiped haydashni foydali sport turi deb hisoblamasangiz, unda yangi “Lopifit” elektron modeli sizga mos kelishi mumkin.
urilmada pedalni bosish o‘rniga velosiped ramkasiga o‘rnatilgan yugurish yo‘lakchasi bo‘ylab harakatlanasiz.
Mazkur gibrid Niderlandiyada allaqachon aholi punktlari hamda ular orasidagi yo‘laklarda harakatlanish uchun eng qulay vosita sifatida mashhurlikka erishdi.
“Lopifit” elektron modelida oddiy velosipedga nisbatan 4 karra tezroq harakatlanadigan “Quantum” elektromotori joylashgan. Uning yurish zahirasi – 55 km. Qiyalikdan pastga qarab harakatlanayotgan vaqtda dvigatelni avtomati ko‘chirish va burilish yoki tormoz funksiyalarini yoqish imkoni mavjud.
Noodatiy velosiped olti xil rangda taqdim etiladi. Shuningdek, unda yukxona, 2. 3 metr oldindagi yo‘lni yorituvchi LED chiroqlari va akkumulyator indikatori bor.
Nozima UBAYDULLAYEVA