Jaziramada orombaxsh taom

Kerakli mahsulotlar: 1 litr qatiq, 0, 5 litr gazsiz mineral suv, 3 ta kartoshka, 200 gr. yog‘siz kolbasa, 4 ta tuxum, 3 ta bodring, 50 gr. ko‘k piyoz, 4-5 dona rediska, ta’bga ko‘ra ko‘kat, tuz.

Tayyorlanishi: kartoshka va tuxumlarni qaynating. So‘ngra kartoshka, tuxum va kolbasani kichik to‘rtburchak shaklda, bodringni yarim aylana, piyoz va ko‘katlarni maydalab to‘g‘rang. Hammasini bir idishga solib, ustidan yaxshilab aralashtirilgan qatiqni soling. Ushbu yaxna taom suyuqroq bo‘lishi uchun ta’bga ko‘ra mineral suv qo‘shishingiz mumkin. Tuz sepib, 1-2 soatga sovutgichga qo‘ying. Tayyor taomni sho‘rva kabi kosalarga suzib, to‘g‘ralgan ko‘kat bilan bezatishingiz mumkin.

BEGOYIM

Yana o‘qing:  Kitobsevarlar uchun eng yaxshi 3 ta innovatsion sovg`a

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: