Jilg‘alarga yo‘l ochgan ustoz

Bugungi kunda badiiy ijod bilan shug‘ullanayotgan yoshlarning soni tobora ko‘payib borayotganini ko‘rib, quvonasiz. Zero, adabiyot, she’riyat, badiy ijod insonni faqat ezguliklarga oshno etadi.

Ijod – insonni loqaydlikdan, beparvolikdan qutqarib, uni izlanishga, o‘rganishga, intilishga chorlaydi. Mulohazalarimni badiiy ijod bilan boshlaganimning boisi bor, albatta. Toshkent viloyatining Angren shahrida Muhabbatxon opa Abduqodirova nomini ko‘pchilik yaxshi biladi. Bu inson uzoq yillar davomida shahardagi “Angren haqiqati”, “Dovon”, “Ulug‘ yo‘l” kabi gazeta tahririyatlarida ishlab, ko‘plab maqolalar, ocherklar, hikoya va dilbar she’rlari bilan kitobxon o‘quvchilar orasida katta hurmatga sazovor bo‘ldi.

So‘nggi yillarda ustozning “Men sizni dedim”, “Sabrlardan tog‘ yaratdim”, “Yuragimga sig‘magan dunyo”, “Zamondoshlarimiz”, “Bizdan obod Vatan qolsin!”, “Ustozlarimiz – faxrimiz” nomli ko‘plab she’r va hikoyalar to‘plamlari nashrdan chiqdi. Bugunga kelib u badiiy ijoddan ajralmagan holda, Angren shahar “Barkamol avlod bolalar markazi” qoshidagi “Yosh jurnalist va notiq” to‘garagiga ham rahbarlik qilmoqda. Ayni paytda ushbu to‘garak yuzga yaqin qobiliyatli yigit-qizlarni o‘z bag‘riga jamlagan. Muhabbat opa esa ularning eng yaqin ko‘makdoshi, maslahatchisi va ustozidir. U har bir o‘quvchi bilan alohida ishlaydi: ularning ijod namunalarini kuzatib boradi, tahlil qiladi. Qilingan mehnatlar o‘z samarasini bermoqda. To‘garak a’zolari shahar, viloyat va respublika miqyosidagi nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lishmoqda. Shogirdlarining ijodiy ishlari “Yoshlik”, “Gulxan”, “G‘uncha”, “Sog‘lom avlod”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Turkiston”, “Tong yulduzi” va “Toshkent haqiqati” singari gazeta va jurnallarda chop etib kelinmoqda.

– Ustozimiz bizlarga onamizdek mehribon, shu bilan birga o‘ta talabchan. Bu albatta biz shogirdlarning yuqori marralarni egallashimizga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda, – deydi “Kamalak yulduzlari” respublika tanlovi sovrindori Dilhayot Erkinova.

Bu fidoyi ustoz shoir hamda yozuvchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari uyushtirib, o‘quvchilarining dunyoqarashi, so‘zga bo‘lgan mas’uliyatini oshirib boradi.

Muhabbat opa o‘zi she’riyatga oshno bo‘lgani bois shogirdlari ijodiga ham o‘ta talabchan. U har bir o‘quvchisining yutug‘idan xuddi o‘z farzandlarining yutug‘iday quvonadi, faxrlanadi.

 

Jamoliddin ABDULLAYEV

Yana o‘qing:  Antiqa velosiped

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: