Iste’dodli yoshlar – yurt kelajagi

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yurt kelajagi” ko‘rik-tanlovi yosh avlodni yurtga sadoqat, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular iste’dodini ro‘yobga chiqarishda muhim omil bo‘layotir. Kuni kecha Buxoroda ushbu tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvlarning quyi bosqichlaridan saralangan 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 300 nafar yosh “Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflari va texnik ishlanmalar”, “Tasviriy va amaliy san’at”, “Adabiyot va jurnalistika” yo‘nalishida o‘zaro bahslashdi.

Turli yo‘nalishlarda g‘olib bo‘lgan 33 nafar ishtirokchi tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Y. ASADOV,

Buxoro viloyati

Yana o‘qing:  Munosib farzand bo‘laman

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: