Emotiv EEG o‘y-xayolni o‘qiy oladigan g‘aroyib qurilma

Kishi o‘y-xayolini o‘qiy olish, insoniyat tarixida afsungarlik sifatida qaralar edi. Amerika olimlari tomonidan yaratilgan kashfiyot xayoliy ro‘yoni haqiqatga aylantirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Gap shundaki, mazkur yangilik o‘z fikrini mustaqil ifodalay olmaydigan kishilarning so‘zlarini o‘qib olishga yordam beradi.

Qizig‘i, endilikda kishi his-tuyg‘ulari ham elektron qurlima orqali boshqarila boshlandi. Yangi uskunaga Emotiv EEG deya nom berildi. Bu qurilma o‘zining ilk sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Uning ishlash mexanizmi ham juda oddiy – gadjet elektron to‘lqin orqali bosh miyani skanerdan o‘tkazib, so‘zlar va tasvirni hosil qiladi. Qabul qilingan yozuvli tasvirni uskuna ekraniga uzatadi. Bu tasvir esa kishini nima istashini atrofdagilarga tushuntirib beradi. Uskuna avvalo imkoniyati cheklangan kishilar, aqliy zaif va asab kasalligiga chalingan bemorlar uchun tavsiya etiladi.

Qurilma tekshiruvidan ilk marotaba Parkinson xastaligiga chalingan kishi o‘tdi. Uskuna bemorning suv istashini, so‘ngra buning uchun rahmat aytganini ma’lum qildi.

G. EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Ismaloq Alsgeymer kasalligiga moyil insonlar uchun zararli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: