Pediatriya tizimi takomillashmoqda

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “O‘zbekiston tibbiyotining pediatriya tizimi, ushbu sohada erishilayotgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, yurtimizda onalik va bolalikni muhofaza etish uchun homilador ayollarni tarkibida inson hayoti va salomatligi uchun zarur bo‘lgan mikroelementlarga ega polivitaminlar bilan ta’minlash amaliyoti yildan-yilga takomillashib borayotir. Mutaxassislar o‘tkazgan monitoringlardan ma’lum bo‘lishicha, ushbu amaliyot qo‘llanilishi natijasida onalar va dunyoga kelayotgan farzandlarning salomatlik ko‘rsatkichi yanada yaxshilanmoqda.

2014 yildan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiy markazida zaif eshituvchi bolalarda Koxlear implantatsiyasi operatsiyasini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi. Sog‘lom ona va bola yilida tibbiyot muassasalari, xususan, Perinatal va Skrining markazlarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari tibbiyot hamshiralarini ko‘paytirish, akusher-ginekolog va pediatrlar malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada 280 o‘rinli, bir smenada 250 kishini qabul qilish va yilda 1500 operatsiya o‘tkazishga mo‘ljallangan hamda zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan 4-darajali bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi barpo etish alohida ahamiyatga ega.

Gulchehra ShIRINOVA

Yana o‘qing:  Sog‘lom avlod – kelajak poydevori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: