ENG YAXShI ELYeKTRON AXBOROT-TA’LIM RESURSLARI
Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi, Multimedia va umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Eng yaxshi elektron axborot-ta’lim resurslari” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlar orasidan ilg‘or, tashabbuskor, ijodkor, iste’dodlilarni aniqlashdan iborat. Shuningdek, yoshlarni barkamol shaxslar etib tarbiyalayotgan, o‘quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llayotgan pedagoglarning ijodiy faolligini oshirish, tuman (shahar), viloyat, respublika miqyosida fidoyi, yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan eng yaxshi iqtidorli o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, aniqlangan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadidagi ushbu ko‘rik-tanlov ilg‘or soha egalarini kashf etdi.
Shavkat XO‘JAQULOV,
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, matbuot va axborot xizmati xodimi