7 kun davomida
Respublika bolalar va o‘smirlar shaxmat maktabida 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 200 dan ziyod o‘g‘il-qiz ishtirok etgan musobaqa qizg‘in va kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra Odina Olimova, Alixon Avazxonov, Ruhshona Rahimberdiyeva, Abdulvosit Sharifjonov, Umida Omonova, Olmos Rahmatullayev, Dilbar Hamroyeva, Suhrob Avvalboyev, Asal Salimova, Fotih Abduxoliqov tengdoshlaridan ustun kelib, shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Toshkent Vrachlar malakasini oshirish institutida buyrak-tosh kasalliklarining oldini olish, uni barvaqt aniqlash va davolashning zamonaviy uslublariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda mamlakatimizda aholiga urologik xizmat ko‘rsatishning bugungi holati va istiqbollari, buyrak-tosh kasalligini davolashning yangicha tamoyillarini qo‘llash, yangi texnologiyalardan oqilona foydalanish borasidagi vazifalarga oid ma’ruzalar tinglandi.
Yaqinda poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Qrim-Kongo va boshqa gemorragik isitma kasalliklarini oldini olish bo‘yicha respublika miqyosida olib borilayotgan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbir qatnashchilarining Qrim-kongo gemorragik isitmasi, uning kelib chiqishi, profilaktikasi, kasallikning chetdan mamlakatimiz hududiga kirib kelishining oldini olish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’ruzalari tinglandi.
Poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi ijrosi doirasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qudratli yurtning sog‘lom farzandlari” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar e’tiborga muhtoj bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning ma’naviy-jismoniy kamoloti yo‘lida zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish borasida keng ko‘lamli ezgu ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Xorijlik shifokorlar yurtimizda
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi uzoq yillardan beri Koreya Respublikasining bir qator xalqaro tashkilotlari va universitetlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
Fondning “Junior Chamber International – JCI” xalqaro yoshlar tashkiloti bilan 2008–2015 yillardagi hamkorligi davomida Cha universiteti qoshidagi Pundan Cha gospitalida xayriya yo‘li bilan jami 56 nafar o‘zbekistonlik bolalar jarrohlik yo‘li bilan sog‘lomlashtirildi.
Ushbu xayrli ishlarni davom ettirish maqsadida “Junior Chamber International – JCI” xalqaro yoshlar tashkiloti va Cha universiteti qoshidagi Pundan Cha gospitalidan jami 12 nafar mutaxassis va vrachlar joriy yilning 24-28 may kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida bo‘lishib, tug‘ma yurak nuqsoni tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmoqda. Ko‘rik natijalariga ko‘ra ahvoli og‘ir deb topilgan bemor bolalar Koreya Respublikasining nufuzli klinikalarida sog‘lomlashtiriladi.
M. HASANOVA