“Orzu” salati
Kerakli masalliqlar: 200 gr. dudlangan go‘sht, 200 gr. tovuq go‘shti, 200 gr. marinadlangan qo‘ziqorin, 1 ta piyoz, 2 ta tuxum va mayonez.
Tayyorlanishi: piyozni xalqa shaklida to‘g‘rab, qaynagan suvda eziladi. Suvda pishirib olingan tovuq go‘shti, dudlangan go‘sht va tuxum somoncha shaklida to‘g‘raladi. Qo‘ziqorinlar esa to‘rt bo‘lakka bo‘linadi. To‘g‘ralgan mahsulotlarni idishga solib, mayonez bilan yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan salat ta’bga ko‘ra bezatiladi va dasturxonga tortiladi.
BEGOYIM