Shifobaxsh gilos

Gilos mevalar ichida o‘zining shifobaxshligi bilan alohida ajralib turadi. Yurtimizda uning to‘q qizil va sariq navlari keng tarqalgan.

Mutaxassislar har kuni 300 gr. yangi uzilgan gilos iste’mol qilish inson salomatligi uchun foydali ekanini ta’kidlaydi. U quvvat bag‘ishlovchi ne’mat sifatida tavsiya etiladi.

Xalq tabobatida uning gulidan bod kasalligini davolashda keng foydalaniladi. Gilos mevasining qaynatmasi yoki sharbati isitma tushiruvchi, shamollashda quvvat bag‘ishlovchi vosita sifatida ichiladi.

Ushbu mevada 19, 2 foiz qand, 1, 3 foiz organik kislotalar, pektin, V1, V2, RR, S vitaminlari, karotin, kaliy, magniy, fosfor, temir tuzlari bor. Uning yangi va quritilgan mevalari ich surish xususiyatiga, gullari va barglaridan tayyorlangan malham yaralarga, sepkillarga qo‘yiladi.

Buning uchun 5 osh qoshiq quritilgan gilos mevasiga 4 stakan qaynoq suv quyilib, 4-6 soatga tindirib qo‘yiladi. So‘ngra kuniga 3-4 mahal 1 stakandan ovqatdan oldin, ishtahani ochish uchun umumiy quvvat bag‘ishlovchi vosita o‘rnida ichiladi. Shuningdek, uning quritilgan mevasi peshob yo‘lidagi tosh kasalliklari, gijja, dizenteriya, ko‘z o‘tkirligining pasayishida ham qo‘llaniladi.

Sevara GAZIBAYEVA,

1-Respublika tibbiyot kolleji “Farmatsiya” kafedrasi mudiri

Yana o‘qing:  Xalq tabobati usulida davolash

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: