Betakror yurt tabiati ko‘zgusi

Muzeylar har bir yurtning rivojlanish tarixi, xalqning yashash tarzi, urf-odat va an’analari, ijtimoiy-madaniy sohalarda erishgan yutuqlari haqida hikoya qiluvchi o‘ziga xos ko‘zgudir. Bugun mamlakatimizda ham tarixiy, ilmiy va madaniy merosimiz, ma’naviy qadriyatlarimizni o‘zida asrab kelayotgan ko‘plab muzeylar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu esa yosh avlodni yurtimiz tarixi va buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi mamlakatimizdagi eng yoshi ulug‘ ilmiy-ma’rifiy muassasalardan biri hisoblanadi. Muzey flora-fauna, geologiya-geografiya, ilmiy-ma’rifat, fond kabi bo‘limlardan iborat. Ushbu madaniy maskan O‘zbekistondagi muzeylar ichida birinchilardan bo‘lib tabiatni namoyish qilishning landshaft usulini ishlab chiqdi va o‘z ekspozitsiyalariga tatbiq etdi. Bu usulning ahamiyatli jihati shundaki, u tomoshabinga tabiat hodisalarini o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risida yaqqol tasavvur beradi. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng yirik entomologiya fondi, ming varaqli gerbariy hamda zoologiya va geografiya materiallari nafaqat yurtimizda, balki MDH mamlakatlarida ham ma’lum va mashhurdir.

– Muzeyimizning zahira materiallari ushbu maskan tashkil topgandan buyon yig‘ilgan bo‘lib, ular asosan respublikamizning turli hududlariga uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida keltirilgan. Hozirda muassasamizda 350 000 dan ortiq hasharotlar namunasidan iborat entomologiya kolleksiyasi, 4 mingdan ortiq umurtqali hayvon va qush tulumi saqlanadi. E’tiborlisi, muzeyimizdagi ba’zi eksponatlarga yuz yil hatto undan ham ortiq vaqt bo‘lgan. Misol uchun Turon qoploni eksponatining saqlanayotganiga 105 yil to‘ldi, – deydi muzey direktori Alibek Rasulov. – Shuningdek, markazning geologiya bo‘limida respublikamizning turli hududlaridan keltirilgan mineral va foydali qazilmalarning kolleksiyasi ham bor.

Mayna HASANOVA

Yana o‘qing:  El koriga yarash saodati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: