Osiyo chempionatidan 9 ta medal
Qozog‘istonning Pavlodar shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada 3 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Qit’a chempionatida hamyurtlarimizdan Bilolbek Mirzarahimov, Ulug‘bek Sobirov va Sanjar Tursunovlar oltin medallarga sazovor bo‘lishgan bo‘lsa, Otabek Xolmatov, Shohruz Rahimov va Abdulla Xudorganov kumush, Shunqor Abdurasulov, Ziyodbek O‘rolov hamda Shohrux Rustamov bronza medaliga sazovor bo‘ldilar.