XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2012-3)

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Ushbu tadbirda soliq borasidagi yangiliklar, ishbilarmonlar hamda jismoniy shaxslarga berilayotgan yengilliklar xususida so‘z yuritildi.

  • Belgiyaning Lyuven shahridagi “Brabant Hall” ko‘rgazmalar markazida “Hobo Reisen” kompaniyasi tomonidan xalqaro sayyohlik yarmarkasi tashkil etildi. Dunyoning 40 dan ziyod mamlakatidan kelgan kompaniyalar vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati ham taqdim etildi.
  • Germaniyaning Bremen shahrida mamlakatimizning Germaniya Federativ Respublikasidagi diplomatiya missiyasi va “Germaniya – O‘zbekiston” do‘stlik uyushmasi hamkorligida “2013 yil – O‘zbekistonda “Obod turmush yili” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan mazkur tadbirda Bremen federal o‘lkasining ijtimoiy-siyosiy va ekspert-tahlil doiralari vakillari, do‘stlik uyushmasi a’zolari hamda nemis zaminida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdilar.
  • Buxoro shahrida Hindiston tadbirkorlari va hunarmandlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir viloyat Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Hindistonning “Great India expo” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.
Yana o‘qing:  Arzon va sifatli dori-darmon. Islohotlar o‘z samarasini beryaptimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: