Qulupnayli tort

Zarur masalliqlar: Biskvit uchun 2 stakan sut, 2 stakan un, 1, 5 stakan shakar, 6 osh qoshiq kakao, 4 choy qoshiq qabartirgich. Kremiga 2 stakan quyiltirilgan sut, 1 stakan shakar, 3 choy qoshiq un va 1 ta tuxum kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: Idishga un, shakar va qabartmani solib, yaxshilab aralashtiramiz. Ustiga sutni quyib, aralashtirishda davom etamiz. Tayyor bo‘lgan massani biskvit qolipiga solib, 180 daraja issiqlikda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Biskvit pishguncha uning kremini tayyorlaymiz.

Alohida idishda sutni qaynatib olamiz va unga shakar, un, tuxumni solib bo‘tqasimon krem tayyorlaymiz. Tayyor bo‘lgan biskvitni ikki bo‘lakka bo‘lib, orasiga kremni surtamiz. Tortimizning eng ustki qavatini shokoladli glazur va qulupnay bilan bezatib dasturxonga tortamiz.

BEGOYIM

Yana o‘qing:  OILA – MA’NAVIYAT MASKANI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: