ENG YAXShILAR RAG‘BATGA MUNOSIB

“Turkiston” saroyida 3 may kuni jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov sohani yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur tanlovda o‘tgan yillar davomida 5 mingga yaqin jurnalist 70 mingga yaqin ijodiy materiali bilan qatnashgan. Bu yilgi tanlovda 510 ijodkor 8 ming 500 ga yaqin materialni taqdim etgan.

“Oltin qalam” XI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda Bosh milliy mukofot sohibi, televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet-jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar, shuningdek, “Eng yaxshi matbuot xizmati”, “Eng yaxshi fotoreportaj uchun” rag‘batlantiruvchi mukofotlar sohiblari aniqlandi.

Tanlov doirasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi rag‘batlantiruvchi mukofotlarini ta’sis etgan. Shuningdek, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Axborot markazi, YUNYeSKO, YUSAID, “Mintaqaviy muloqot” (Sloveniya), Germaniya Xalq universitetlari assotsiatsiyasi kabi qator xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari ham “Oltin qalam” tanlovida o‘z mukofotlari bilan qatnashdi.

Ijodiy loyihani o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.

“Toshkent teleradiokanali” DUK ijodiy jamoasi “Oltin qalam” XI Milliy mukofoti uchun o‘tkazilgan xalqaro tanlovda Bosh milliy mukofotga loyiq topildi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom va sovg‘alar, pul mukofotlari topshirildi. San’at ustalari va yosh ijrochilar ishtirokida konsert namoyish etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. Hodiyev so‘zga chiqdi.

 

Sh. XO‘JAQULOV

Yana o‘qing:  MUMTOZ SIYMOLAR BOLALAR IJROSIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: