KUTUBXONACHILAR MALAKASI OSHIRILDI

Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida “Sog‘lom ona va bola yilida axborot-resurs markazlarining vazifalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda viloyatning barcha xududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan Axborot-resurs markazlari xodimlari ishtirok etdi. Mutaxassislar kitobxonlarga zamonaviy xizmat ko‘rsatishning ilg‘or texnologiyalaridan saboq berdilar.

Seminar kun tartibidan joy olgan “Axborot kutubxona muassasalarining huquqiy me’yoriy hujjatlari va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ish jarayoniga tatbiq etish” mavzusi tinglovchilarning diqqat markazida bo‘ldi.

Kutubxonamiz fondida 400 mingdan ziyod kitoblar bor, – dedi markaz ilmiy-uslubiy bo‘lim mudiri Nasiba Omonkeldiyeva, – kitobxonlarimiz orasida 70 yoshli bobo-buvilardan tortib, 7 yoshli maktab o‘quvchilarini ham uchratish mumkin. Chunki, kutubxonamizda har qanday yoshdagi kishilar didiga mos keladigan badiiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari, qiziqarli tarixiy hujjatlar saqlanadi.

Gulasal SAIDOVA

Yana o‘qing:  SOG‘LOM BOLA – MILLAT TAYANChI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: