IXTIROCHILAR DOIM QO‘LLAB-QUVVATLANADI

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuni va Xalqaro intellektual mulk kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Intellektual mulk tizimining vazifasi – raqamli muhitda san’atkorlar va ijodkorlar o‘z mehnati uchun munosib mukofot olishi va buning natijasida ijodini davom ettirishini ta’minlashdan iborat. Respublika hududida intellektual mulk ob’yektlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olishda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda 11 ta monitoring ishlari amalga oshirildi. Natijalarga ko‘ra Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha jami 244 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Ma’lumotnomalar qonuniy choralar ko‘rilishi uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi.

Matbuot anjumanida uning ishtirokchilariga sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, intellektual mulk ob’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va mazkur agentlikning boshqa faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi.

Ch. XUSHVAQTOVA

Yana o‘qing:  KOLLEJDA TADBIR O‘TKAZILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: