DOLZARB MASALAGA BAG‘ISHLANDI

Toshkent davlat stomatologiya institutida stomatologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tibbiyot xodimlari, xorijlik mutaxassislar, tibbiyot anjomlari ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari, talaba-izlanuvchilar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2014 yil 22 iyuldagi “Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori stomatologiya yo‘nalishida ta’lim sifatini yanada oshirish, yetuk kadrlar tayyorlash va sohani malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga xizmat qilayotir.

Mazkur anjumandan maqsad stomatologiyaning rivojlanish bosqichlari, tibbiyot taraqqiyotining inson salomatligini asrashdagi o‘rni, bolalar stomatologik kasalliklarini davolash, yuz-jag‘ jarrohligi, biotexnologiyalar, hujayra va regenerativ yo‘nalishlaridagi ilg‘or yutuq va tajribalarni o‘rganish hamda keng ommalashtirishdan iboratdir.

Anjuman doirasida institut bitiruvchilari va ilmiy xodim-izlanuvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi restavratsiya” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov jarayonida ishtirokchilarning nazariy bilimni amaliyotda qo‘llay olishi, bemorlar bilan muloqot qilish, tish kasalligini davolashda ishlatiladigan vositalardan oqilona foydalana olish kabi jihatlarga e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilgan dori-darmonlar, sohada qo‘llaniladigan tibbiy jihoz va uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

N. NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Toshkent xalqaro konferensiyasi mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: