QULUPNAYLI PIROG

Zarur mahsulotlar: 100 gr. margarin, 1 stakan un, bir chimdim xamir ko‘pirtirgich, 1 osh qoshiq shakar. Shirinlik ichiga solinadigan masalliq uchun: 500-600gr. tvorog, 2 ta tuxum, 1 stakan shakar, 1 osh qoshiq kraxmal, 2 osh qoshiq qaymoq kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: Barcha masalliqlar bitta idishga solib aralashtiriladi. Patnisga pergament qog‘oz yoyib, ustiga qolip qo‘yiladi. Tayyor aralashma qolip ichiga solinadi. Masalliqlarning barchasini blendrda yaxshilab aralashtirib olamiz. So‘ngra ushbu masalliq qolipdagi xamir ustiga quyiladi. 160-170 daraja qizdirilgan gaz pechida 40-50 daqiqa davomida pishiriladi. Shirinlik pishgach, gaz pechining og‘zini ochib qo‘ygan holda sovutiladi. Pechdan sovugan pishiriqni olib muzlatkichga joylashtiramiz. Keyin qulupnayni olib shakar bilan blendrda yaxshilab aralashtiriladi. 3 osh qoshiq sovuq suvga 1 osh qoshiq jelatinni eritib, u shirinlik ustidan tekis qilib quyiladi va yana muzlatgichga qo‘yiladi. Qulupnayli pirog tayyor.

BEGOYIM

Yana o‘qing:  Fast-fud taomlarini yeyish xumoridan qutilish yo‘llari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: