Endi kuyish jarohatidan forig‘ bo‘lish mumkin

Yaponiyaning Fizik va kimyoviy tadqiqotlar markazi shifokor-olimlari indutsirlangan o‘zak hujaylaridan (IPS-hujayralar) terining tashqi qatlami va tuk ildizlarini o‘stirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Olimlar tajriba yo‘li bilan tuk qoplamasiga tug‘ma ega bo‘lmagan dala sichqoniga maxsus protein bilan aralashtirilgan 30 ta guruh o‘zak hujayralarini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldilar. Bir oy o‘tmasdan hujayralar yashab ketgan. Tajriba ostidagi sichqonda teri yog‘i ishlab chiqilib, tuk o‘sa boshlagan. Tez orada sichqon terisining tashqi qatlami to‘liq tiklangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur tadqiqot o‘zak hujayralari yordamida tana a’zolari yoki to‘qimalarini yetishtirish mumkinligini ko‘rsatadi. Bundan asosiy maqsad jiddiy kuyish jarohatlarida ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lgan inson terisini o‘zak hujayralaridan yetishtirish usulini topish hisoblanashini ta’kidlashdi. Shuningdek, regenerativ tibbiyotning bosh muammosi hozircha hal qilinmagan. Ko‘plab zamonaviy tadqiqotchilarning fikricha yetishtirilgan to‘qimalarning o‘tkazilishi yomon sifatli o‘simtalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Anvar XUDOYBERDIYEV, TTA talabasi

Yana o‘qing:  5 daqiqada me’da osti bezi saratonini aniqlash mumkin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: