Eskirmaydigan yon daftarcha
Ko‘pchilik eslatma, yozuvlar yoki rasmlar uchun an’anaviy yon daftarchalardan foydalanishni afzal ko‘radi. Ammo barcha varaqlar to‘lib bo‘lgach, uni tashlab yuborishga majbur bo‘lamiz va yangisini sotib olamiz.
Biroq raqamli “Rocketbook Wave” daftari bilan endi yangi kundaliklar uchun pul sarflamasangiz ham bo‘ladi.
Varaqlardagi yozuvlar iliq havo bilan ishlov berilgandan so‘ng izsiz yo‘qoladi. Buning uchun fen yoki mikroto‘lqinning issiq havosi asqotadi. Agar “Rocketbook Wave”dagi yozuvlar katta ahamiyatga ega bo‘lsa, ularni dasturiy ta’minot yoki mobil qurilmalardagi kamera yordamida raqamlashtirish mumkin. Har bir betdagi 9 ta maxsus belgilardan iborat qr-kodli imkoniyatlar tufayli foydalanuvchi o‘zining qimmatli yozuvlarini saqlashi mumkin bo‘ladi. Ular ma’lumotlarni (Google Drive, Evernote va boshqalar) kiritishga mo‘ljallangan servis hisoblanadi. Yon daftarchalarda yozuvlarni qoldirish uchun dasturchilar maxsus termoxromatik siyohli “Pilot Frixion” ruchkalarini ishlatishni tavsiya etishdi.
Charos XO‘JAMOVA