BOLALAR TA’TILDA

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent shahar tumanlaridagi tayanch maskanlari tomonidan bolajonlarning qishki ta’tilini mazmunli o‘tkazishni taminlash maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi san’at saroyida jamg‘armaning Shayhontohur, Chilonzor, Sergeli hamda Olmazor tuman tayanch maskanlariga qarashli mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari va imkoniyati cheklangan bolalardan jami 200 nafariga maroqli dam olishlari uchun sharoit yaratib berildi.

– Uch nafar farzandim hamda mahalladoshlarim bilan “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdik. Ushbu bayram tuhfasi bolalarimizga quvonch ulashdi, – deydi Olmazor tumani Chimboy mahallasidan tashrif buyurgan Ra’no Hikmatova.

– Dunyoda bolalarning quvonchidan aziz narsa bo‘lmasa kerak, – deydi Olmazor tuman tayanch maskani rahbari Ma’suda Toshpo‘latova. – Biz keyinchalik ham shunga o‘xshash tadbirlarni ko‘proq uyushtirishni rejalashtirib qo‘ydik. Zero, farzandlarimizning o‘z vaqtida madaniy hordiq chiqarishlariga zamin yaratishimiz, ularning o‘qishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda qalblarida mehr-muruvvat tuyg‘ularining uyg‘onishiga sabab bo‘ladi.

Darhaqiqat, yurt bolalariga e’tibor bu kelajak poydevorining asosi hisoblanadi. Vaqtida ularga mehr ko‘rsatib, g‘amxo‘rlik qilsak, bu kelajakda, albatta, o‘z mevasini beradi.

Ma’rifat TOLIPOVA

Yana o‘qing:  Chorak asr sarhisobi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: