KITOB – ULKAN MO‘JIZA

Buyuk mutafakkir shoir Abdurahmon Jomiy e’tirof etganidek, “Dunyoda kitobdan yoqimliroq do‘st, undan ortiq g‘amxo‘r yo‘q, unda yuz rohat bor, hech qachon ozori yo‘q”.

arhaqiqat, yosh avlodning, qolaversa, har bir insonning bilimini oshirish, dunyoqarashini yuksaltirishda kitoblarning o‘rni beqiyos. Tafakkurning qanoti bo‘lmish kitob insonning fikr doirasini kengaytirishda uning ma’naviy kamolotga yetkazishda muhim manba sanaladi.

Jizzax viloyatidagi G‘allaorol tibbiyot kolleji qoshida ham Axborot-resurs markazi tashkil qilingan. Unda jami 14 ming 875 ta adabiyotlar mavjud. Shundan 1 ming 765 tasi badiiy adabiyotlardir.

Kutubxona xodimlari va pedagoglarning asosiy vazifasi esa yosh avlod qalbida xalqimizning madaniy, ma’rifiy, tarixiy yodgorliklarini, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizga e’tiqod tuyg‘ularini shakllantirishga qaratadi. Bunda esa o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan munosabatlarini yaxshilash, muhabbatini oshirish asosiy vazifalar sirasiga kiradi. Shularni inobatga olgan holda Axborot-resurs markazida turli tadbirlar o‘tkazib turiladi. Jumladan, 2015–2016 o‘quv yillarida nashrdan chiqqan yangi badiiy adabiyotlar ko‘rgazmalari, ma’rifiy tadbirlar, eng qiziqarli nashrlar to‘g‘risida bibliografik suhbatlar uyushtirilmoqda. Kutubxona videotekasidagi filmlar namoyish etilyapti, mahalliy yozuvchi va shoirlar ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘quvchilar o‘rtasida “Zulfiya – tong kuychisi”, “Orasta qizlar – mustahkam oila tayanchi”, “Ayol – ko‘nglimizning farishtasi, xonadonimiz chirog‘i” kabi mavzularda kecha, ertalik hamda bahs-munozaralar o‘tkazilib, ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda. Faol o‘quvchilarmiz esa viloyat bo‘yicha o‘tkazilinayotgan “Kitob marafon”larida munosib ishtirok etib kelishmoqda. Jumladan, “Farmatsiya” yo‘nalishi o‘quvchilari Shohruza Imomova va Sarvinoz Shermatova mazkur o‘quv yilida tuman va viloyatda o‘tkazilgan “Kitob marafoni”da faol ishtirok etdi.

Bundan tashqari besh yil avval o‘quv dargohimizda guruh kutubxonalari tashkil etish tashabbusi boshlangan. Bu esa hozirda yaxshi samara bermoqda. Mutaxassislarning fikricha, bunday kutubxonalar o‘quv xonasining ma’lum fanga mo‘ljallanganligi asosida tashkil etilishi kerak ekan. Shuningdek, o‘quv dargohida badiiy kitoblar, rasm va fotosuratlar to‘plash ham namunali yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchilar uchun shahrimizning mohir pedagoglari Habib Umarov va Mahmud Shomirzayevning mehnat faoliyatlari, hayotlari haqida maroqli suhbatlar o‘tkazildi. Ularning shaxsiy kutubxonalaridagi adabiyotlardan o‘quvchilar foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratildi.

Darhaqiqat, kitob – ulkan mo‘jiza, undan aslo yuz o‘girib bo‘lmaydi. Ushbu mo‘jiza orqali ulkan marralarni egallash esa birgina kitobga mehr, intilish orqali ruyobga chiqadi.

Yana o‘qing:  Xushxabarlar, raqamlar (2013/50)

Go‘zal ERGASHEVA,

G‘allorol tibbiyot

kolleji o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: