IQTISODIY BILIMLARNI O‘RGANISH ZAMON TALABI

Yosh avlodning ma’naviy qiyofasini jamiyat hayoti, unda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklar belgilaydi.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanib kelayotgan bir vaqtda iqtisodiyotning mohiyati, vazifasi va maqsadlarini yosh avlodga o‘rgatish, har bir o‘quvchi hamda talaba uchun katta ahamiyatga ega ekanligi haqida Prezidentimiz “Biz yosh avlodni xalqimizning asrlar davomida shakllangan Sharq pedagogikasi, umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalashimiz lozim. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida talabalarga iqtisodiy bilimlarni, marketing, menejment, biznes kabi tushunchalarning mohiyati va roli borasida ko‘proq bilim berishimiz maqsadga muvofiqdir”, deya ta’kidlagan.

Darhaqiqat, o‘quvchilarning iqtisodiy bilimlarini yuksaltirish tobora barqarorlashayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan holda amalga oshirilishi muhim vazifalardan biridir.

Hozirgi kunda jahon miqyosida ulkan sinov va mashaqqatlar ya’ni, global moliyaviy-iqtisodiy inqirozning hamon davom etayotganiga qaramasdan, yurtimiz izchil va barqaror rivojlanib borayotgani ayni haqiqat.

O‘tgan yilda iqtisodiyotimizga qariyb 16 milliard dollar qiymatidagi investitsiyalar kiritildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9, 5 foiz ko‘p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million AQSH dollaridan ziyodi yoki 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalar bo‘lib, shuning 23 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67, 1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirildi. Bu esa 2015 yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo‘lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’yekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi.

Natijada mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda, iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda.

Yangi korxonalarni ishga tushirish va faoliyat ko‘rsatayotgan ob’yektlarni modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hisobidan yurtimizda faqat oxirgi 5 yilning o‘zida 5 millionga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgani katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Unutmaslik lozim, iqtisodiy bilim inson hayotining ajralmas qismidir. Jamiyatning eng muhim negizi, uning poydevoridir. Chunki, eng avvalo, kishi talab va ehtiyojlari qondirilishi, albatta, iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq. Inson o‘z hayotida iqtisodiy bilimlar bilan doimiy munosabatda bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Vatan tuyg‘usi

Sh. ABDULAZIZOVA,

Olmazor Yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: