Fond faoliyatidan

Yurtimizda bolalar va o‘smirlar sporti rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Turli sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarni ommaviy tarzda sportga jalb etishga erishilmoqda.

Poytaxtimizdagi 38-bolalar va o‘smirlar sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda bir qator boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘smir qizlar va bolalar o‘rtasida “Nafosat olami” shiori ostida “Sog‘lom avlod uchun” kubogi uchun V Respublika sport festivali musobaqalari tashkil etildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad sportchi qizlar o‘rtasida sportning ushbu turlarini muntazam targ‘ib qilish hamda ularning jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishiga, chiniqishiga, umumiy ish qobiliyatining o‘sishiga yordam berishdan iborat.

Sport festivali doirasida suzish, sinxron suzish, suvga sakrash va sport raqsi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda har bir jamoa tarkibida 3-10 nafardan ishtirokchi qatnashdi. Festivalda jami 150 nafardan ortiq 2005–2010 yillarda tug‘ilgan o‘smir qizlar va bolalar o‘z toifalarida kurash olib borishdi.

Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi 21-, 22–va 23-Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi.

Ushbu xayrli tadbir o‘quvchi-yoshlarning bahorgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishga, navqiron avlod qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalashga xizmat qiladi. Buyuk ajdodlarimiz merosini yaqindan o‘rganib, ularga munosib bo‘lishga undaydi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Toshkent shahar tayanch maskani tomonidan poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 100 nafar farzandlari Alisher Navoiy nomidagi san’at saroyida bepul kino namoyishiga taklif etildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti hamkorligida “Sog‘lomlashtirish dasturi – amalda” shiori ostida tibbiy ko‘rik tashkil etdi.

Mazkur tibbiy ko‘rik davomida 410 ga yaqin bola germaniyalik mutaxassislar qabulida bo‘ldi. Ularning aksariyatiga mamlakatimizdagi ixtisoslashgan tibbiy muassasalarda davolanish uchun yo‘llanma berildi. Tug‘ma nuqsonli va kuyish asoratlari bor 30 nafar bola Germaniya klinikalariga sog‘lomlashtirish uchun jo‘natiladigan bo‘ldi.

Yana o‘qing:  Eskirmaydigan yon daftarcha

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: