SPORT – SALOMATLIK GAROVI
Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 270-sonli umumta’lim maktabida sportga bag‘ishlangan “Sport bayrami” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasi hamda mamlakatimiz yoshlari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish xususida so‘z yuritildi.
O‘quvchilarni ommaviy ravishda sportga jalb etish va mazkur tadbir orqali har bir sportning turli pog‘onasiga mos ravishda yuqori malakali sportchilar yetishtirish maqsadida 270-, hamda 201-umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘zaro musobaqa tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish, jismoniy barkamolligini tarbiyalash, kasbiy tayyorgarligini oshirish, shuningdek sog‘lom turmush tarzi orqali sog‘lom avlodni voyaga yetkazishdan iborat.
Elvira Yusupova,
270-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari