KO‘RKAM SALAT
Zarur mahsulotlar: 300 gr. tovuq go‘shti, 3 ta tuxum, 400 gr. kartoshka, 300 gr. qizil sabzi, 200 gr. konservalangan qo‘ziqorin, piyoz yoki ko‘k piyoz ta’bga ko‘ra tuz mayonez kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: kartoshka, sabzi, tuxum va tovuq go‘shtini suvda pishirib olamiz. Pishirib olingan sabzavotlarni va tuxumni qirg‘ichdan alohida-alohida qilib chiqariladi. Tovuq go‘shti esa maydalab to‘g‘raladi. Piyoz va ko‘k piyozni maydalab to‘g‘ralib, issiq suvga 5 daqiqaga solib qo‘yiladi. Konservalangan qo‘ziqorin ham mayda qilib to‘g‘raladi.
Tayyor bo‘lgan masalliqlarni likopchaga ketma-ket solib chiqamiz. Mayda to‘g‘ralgan piyoz va uning ustidan kartoshka, mayonez, qo‘ziqorin, sabzi ta’bga ko‘ra tuz, uning ustidan tovuq go‘shti, ko‘k piyoz eng so‘ngida esa tuxum solinadi. Betakror salatimiz tayyor.
Uni dasturxonga tortishdan oldin xohlaganingizday bezatishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM