RAQAMLI STETOSKOP
“Ish quroling soz bo‘lsa mashaqqating oz bo‘lar”, deydi dono xalqimiz. Tibbiyotda ham tibbiy diagnostika asbob-uskunalarining sozligi, zamonaviy talablar darajasida bo‘lishi salomatlikni asrashda katta samara beradi.
So‘nggi yillarda shifokorlarning og‘irini yengil qiluvchi zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yuritadigan tibbiy jihozlar kashf etilmoqda.
Jon Chorba rahbarligidagi dunyo olimlari tomonidan yaratilgan “EKO CORE” stetoskopi ham ana shunday buyumlardan biridir.
Bu tibbiy jihozning adapter moslamasi maxsus ma’lumotlar yig‘iladigan “ombor” vazifasini bajaradi. Unda yurak faoliyati haqidagi barcha axborot jamlanib tahlil qilinadi. Stetoskopdagi maxsus ilova yurak urishini tahlil qiladi va avvaldan yozib olingan ma’lumot bilan taqqoslaydi. Shunday qilib shifokorlar yurakdagi turli nuqsonlar, shovqinlar hamda o‘zgarishlarni eshitib, ko‘rib, aniqlash imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘z navbatida bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va unga o‘z vaqtida samarali muolaja qilish imkonini beradi.