Yuz parvarishi
Yuz terisining go‘zalligi ayollarning maftunkor bo‘lishidagi birinchi belgilardan biri hisoblanadi. Sovuq iqlim sharoitida yuz terisi yanada ko‘proq e’tibor hamda qo‘shimcha parvarishni talab etadi. Uy sharoitida xonadoningizda bor mahsulotlardan foydalanib yuz terisi uchun qishki niqob tayyorlashingiz mumkin.
TUZLANGAN KARAMDAN TAYYORLANGAN NIQOB
Tuzlangan karam barglari terini yoshartiradi va nihoyatda tiniq ko‘rinish beradi. Yuzingizga va bo‘yin sohasiga karam barglarini qo‘yib, 20 daqiqa ushlab turasiz. Keyin ularni olib tashlab iliq suvda yuzingizni yuvasiz. Qurigan yuz terisiga namlantiruvchi krem surasiz.
TUXUM OQI VA LIMONLI NIQOB
(yog‘li yuz terisi uchun)
Bir dona tuxum oqini ko‘pirtirib bir dona limon suviga obdon aralashtirasiz. Tayyor bo‘lgan niqobni tampon yoki maxsus cho‘tka yordamida yuz terisiga surasiz. Niqob yuz terisida plenka hosil qilgach yana 2-3 marotaba surasiz. 15 daqiqadan keyin sovuq suv bilan yuvib tashlaysiz. Mazkur niqob yuz terisini tortilishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
M.XO‘JAMURODOVA