“FLORIN” SALATI

Uni bolajonlar bilan birga kattalar ham sevib iste’mol qilishadi.

Kerakli mahsulotlar:

kivi — 2 dona,

olma — 4 dona,

yangi pishgan yoki muzlatilgan olcha – 20 dona,

o‘rmon yong‘og‘i, yoki boshqa yong‘oq – 1,5 osh qoshiq,

mayiz – 2 osh qoshiq,

apelsin likyori – 2 osh qoshiq,

yalpiz bargi — 5-6 dona,

apelsin — 2 dona.

Kremiga:

tuxum (faqat sarig‘i) – 2 dona,

vanil – 0,25 donacha,

shakar – 3 osh qoshiq,

sut – 1 piyola.

Tayyorlanishi:

Olmalarni yuvib, yuqori qismini qopqoq shaklida kesib olasiz. Uning ichki meva qismini ehtiyotlik bilan kovlab olasiz. Qopqoqni chetga olib qo‘yiladi. Urug‘idan tozalangan meva qismini mayda to‘rtburchak shaklida to‘g‘raysiz.

Mayiz yuvib olgach. Kivi mevasini ham po‘stidan tozalab to‘rtburchak shaklida to‘g‘raysiz. Yong‘oq maydalanadi. Yalpiz barglarini yuvib, mayda to‘g‘rash lozim.

Apelsin mevalari sharbatini siqib olib unga likyor, to‘g‘ralgan bodring, mayiz, kivi, yong‘oq, olcha hamda to‘g‘ralgan yalpiz barglari qo‘shiladi. Tuxum sarig‘ini ayrim idishda yaxshilab chayib olgach va oz-ozdan sut aralashmasini qo‘shasiz. Bu aralashma past olovda quyultiriladi, faqat qaynatib yubormaslik kerak. Keyin sovutishga qo‘yasiz.

Tayyorlangan olmalarga mevalar aralashmasini joylab ustiga krem qo‘yasiz va olma qopqog‘i bilan yopasiz. Bu salatni syurpriz sifatida bayram dasturxoningizga tortiq qilishingiz mumkin.

Yana o‘qing:  ERTAKLAR OLAMI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: