RASSOMLAR UCHUN O‘ZBEK TILIDA DARSLIK

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida O‘zbekiston xalq rassomi Rustam Xudoyberganovning “Mahobatli rangtasvir texnika va texnologiyasi” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ustozning 25 yillik pedagogik faoliyati davomida mutaxassislik fanlari bo‘yicha 10 dan ziyod qo‘llanma va darsliklari nashr etilganligi, ular orasida respublika darsliklar tanlovida birinchi o‘ringa sazovor bo‘lganlari ham borligi haqida to‘xtaldilar. Ushbu taqdim etilayotgan darslik soha mutaxassisi tomonidan yaratilganligi uchun ham tushunarli tilda yozilgan. Oliy o‘quv yurtlarining rangtasvir yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun muallif tomonidan ilk marotaba o‘quv qo‘llanma o‘zbek tilida va lotin alifbosida yozilganligini ta’kidladilar. Endilikda bakalavr talabalari ushbu kitob orqali “Mahobatli rangtasvir texnika va texnologiyasi” fani bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar haqida kengroq tushunchaga ega bo‘ladilar.

M. XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  AXBOROT VA SO‘Z ERKINLIGINI TA’MINLASH DEMOKRATIK ISLOHOTLARNING MUHIM TAMOYILLARIDAN BIRIDIR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: