SALOMATLIK – BOYLIKDAN AFZAL NE’MAT

Jigar saratoni haqida nimalarni bilasiz?

Inson tug‘ilgandan boshlab, butun umri davomida tashqi muhitning turli ko‘rinishdagi ta’siriga ro‘baro‘ bo‘ladi. Yer kurrasida eng ko‘p uchraydigan va og‘ir kechadigan kasalliklarga sabab bo‘ladigan mikroorganizmlar – bu viruslardir.

Bugungi kunda viruslar sababchi bo‘layotgan virusli gepatitlar dunyo miqyosida tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jigar saratonining rivojlanishi bemorning surunkali V va S virusli gepatit bilan kasallanishi asosiy o‘rinni egallab kelmoqda. Virusli gepatitlar – jigar hujayralarining virus ta’sirida zararlanishi, organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, turli klinik va laborator o‘zgarishlar bilan kechadigan virus tabiatli yuqumli kasalliklar guruhidir. Bu kasallikning kelib chiqish sabablarini o‘rganish jarayonida zararlanmagan jigar to‘qimasida hech qachon jigar saratoni yuzaga kelmaydi.

Jigar haqida gap ketganda bu a’zo eng asosiy vazifalarni bajarishi va uni inson organizmidagi o‘rni muhimligidan dalolat beradi. Jigar organizmning «biokimyoviy laboratoriya»si sifatida qaraladi. Negaki, uning (zahar) toksinlardan zararsizlantirish, safro ishlab chiqarish, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mikroelementlar almashinuvida, qon tarkibiy qismlari, biogen aminlar, gormonlar sintezida qatnashishi kabi va yana ko‘plab organizmda yuzaga keladigan kimyoviy jarayonlarda ishtirok etishi muhim o‘rin egallaydi.

Xavfli o‘smalarning ilk belgilarini bilish, ularni erta bosqichlarida aniqlash va, albatta, bemorlarni tezda ixtisoslashgan onkologik muassasalardagi malakali shifokorlarga yuborilishi kasallikning samarali davolashning asosiy mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Afsuski, ba’zi bemorlarga jigar saratoni tashxisi qo‘yilganda onkologik muassasalarda davolanmasdan ayrim soxta tabiblarda noto‘g‘ri davolanishadi. Ularga ishonish esa har bir insonning ma’naviy ongi va tibbiy madaniyatining qay darajada shakllanganligiga bog‘liq.

Zamonaviy yuqori texnologik tekshirish usullari virusli gepatitlarning A, V, S, D va Ye turlarini aniqlash va ularning o‘ziga xos jihatlarini chuqur o‘rganish imkonini berdi. Keyingi yillarda ilmiy adabiyotlarda virusli gepatitlarning F va G turlarining mavjudligi haqida ham ma’lumotlar berilmoqda. Aksariyat hollarda V, S va D virusli gepatitlar surunkali kechadi va uzoq yillar davomida viruslar organizmda yashasada kasallik alomatlari sezilmaydi. V, S va D virusli gepatitlar vaqt o‘tishi bilan jigar sirrozi va jigar saratoni singari jiddiy asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha laboratoriya tekshiruvlari natijasida qonda viruslar tasodifan aniqlanadi. Inson bir vaqtda bitta emas, bir nechta gepatit virusini yuqtirgan bo‘lishi mumkin. Virusli gepatitlar o‘tkir tarzda va sariqlik bilan kechganda kasallikka tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Lekin kasallikning sariqliksiz kechadigan turlarida va aksariyat hollarda klinik belgilarsiz surunkali kechadigan parenteral virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish laboratoriya tekshiruvlariga asoslanadi. Lekin bu oxirgi holatda bemor o‘z vaqtida shifokorga murojaat etmaydi. Bu surunkali virusli gepatit ta’siri natijasida jigar sirroziga aylanadi. Jigar sirrozi esa statistik ma’lumotlarga ko‘ra 50-70 foiz holatlarda saratonga aylanadi.

Yana o‘qing:  GO‘DAKNI OVUTADI, ammo...

Surunkali alkogol iste’mol qilgan insonlarda ham 60-90 foiz hollarda jigar sirrozi rivojlanib, bu esa o‘z navbatida jigar saratonini keltirib chiqaradi. Jigar sirrozi rivojlangandan so‘ng alkogolli ichimliklardan voz kechish afsuski, saratonga aylanish jarayonini to‘xtata olmaydi.

Tarkibida xlor tutuvchi pestitsidlar, organik va noorganik buyoqlarni organizmga ta’siri ham gepatokanserogen ekanligi tajribada aniqlangan. Dori vositalarini, ya’ni shu jumladan, gormonal kontratseptivlar, androgenlar, steroid anaboliklarni uzoq muddat davomida qabul qilish sog‘lom jigar hujayrasini kasallanishiga va pirovard natijasida ba’zi hollarda saratonga aylanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, bir qator boshqa omillar borki, ularning ta’siri ostida ham jigar zararlanishi ortadi. Ish faoliyatini qoniqarsiz sharoitlari, ovqat ratsionida oqsil yetishmovchiligi, vitamin yetishmovchiligi, turli xil intoksikatsiya(zaharlanish) holatlari shular jumlasidandir.

Kasallikning klinik ko‘rinishi qay tarzda kechadi?

Jigar saratonining boshlang‘ich davri deyarli aniq bir belgisiz kechadi. Chunki, klinik ko‘rinishi surunkali jigar kasalligi fonida kechadi. Klinik jihatdan belgisiz kechgan davr davomiyligini aniqlab bo‘lmaydi. Bemorlar odatda rivojlanib boruvchi umumiy holsizlik, ishtahani yomonlashuvi, ta’m sezishning buzilishi, ko‘ngil aynishi, tana vaznining sababsiz yo‘qolishi, o‘ng qovurg‘a osti sohasidagi to‘mtoq og‘riqlar kabi shikoyatlar bilan shifokorga murojaat qiladilar. O‘sma hajmi kattalashgan sari og‘riqlar kuchayadi va doimiyga aylana boradi. Ushbu holatda oddiy og‘riq qoldiruvchi dori vositalari ta’sir etmasdan faqatgina kuchli analgetiklardan foydalaniladi. Shu bilan birga jigar o‘lchamlari ham kattalasha boradi, ya’ni bu a’zo zich, qattiq va undagi og‘riqli o‘sma jigar bilan birgalikda paypaslanadi.

Xastalikning yana bir klinik belgilaridan biri bu taloqning kattalashishidir. Bu holat o‘z navbatida jigar sirrozi hisobiga rivojlanadi. Sariqlik belgisi kasallikning aksariyat holatlarida bemorlarda erta yuzaga keladi. Bemorlarni terining qichishi bezovta qilmaydi, shu sababli ularga virusli gepatit tashxisi qo‘yiladi. Jigar saratoni bilan kasallangan bemorlarga xarakterli belgilardan biri bu qorin bo‘shlig‘ida assitik suyuqlikning yig‘ilishidir.

Qorin bo‘shlig‘idagi suyuqlik miqdori ko‘paygan sari bemorning nafas olishi qiyinlashib, unda hansirash, keskin holsizlik, yurakni tez urishi kabi shikoyatlari bezovta qiladi. Kasallikning kechki davrida bemorning butun tanasi bo‘ylab umumiy shishlar kuzatiladi. Shu bilan birga tana haroratining oshishi ham kuzatilishi mumkin.

Yana o‘qing:  Immunitetni ko‘tarish uchun

Jigar saratoni bilan bog‘liq tana haroratini oshishida antibiotik dori vositalarining ta’siri kuzatilmaydi. Ushbu holatlarda tana harorati 37-40 darajagacha oshishi mumkin. Sirroz bilan kechuvchi saratonda bemorni ich ketishi yoki qotishi dam-badam almashinib bezovta qiladi. Yana xasta odamning qorni ham dam bo‘lib turadi. Qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi hisobiga bemorlar qon kayt qilishlari mumkin. Kasallikning kechki darajalarida o‘smani keskin kattalashishi yoki yemirilishi tufayli jigar yorilishi va to‘xtovsiz qon ketishi asorati sababli inson hayoti xavf ostida qoladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: