OILA FENOMENI

Unda o‘smir tarbiyasiga qanday e’tibor qaratish zarur?

Mamlakatimizda oila fenomeni ijtimoiy hayotdagi eng umrboqiy qadriyatlardan biri hisoblangani bois unga bo‘lgan e’tibor katta.

Oila bola uchun nafaqat uning ruhiy holatini rivojlantirish manbai balki ijtimoiy munosabatlardagi eng kuchli ta’sir etuvchi etalon hisoblanadi. Ijtimoiylashtirish – bolani tarbiyalash, fikrlash doirasini kengaytirish, nutqini o‘stirish, ota-onaga, mahallaga, hamda madaniy merosimizga va Vatanga munosabatini shakllantirish demakdir.

Oilada ota-onani dominant (hukmronlik bilan) fikr yuritishi, bola shaxsini to‘g‘ri baholamasligi, boladagi mustaqil fikr yuritishda sustlikni, tortinchoq, o‘z fikrini ifodalashda qiynalish, qo‘rquv, jur’atsizlik kabi salbiy xislatlarni paydo qiladi. Shuningdek bolada nutq ham sust bo‘lishi kuzatiladi. Natijada bola odamovi, yashirin isyonkor bo‘lib shakllanadi. Bolalar turli-tuman hayotiy hodisalar bilan munosabatga kirishar ekanlar, kattalarning ta’sirida ushbu ijtimoiy qarashlar rivojlanib, o‘sib boradi. Ota – onalar esa o‘z farzandlariga ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishlari uchun barcha shart – sharoitlarni yaratishlari lozim.

Ayniqsa, ota-onaning bir-biriga do‘stona munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi o‘z navbatida oilada farzandlarning munosabatini ijobiy bo‘lishiga yordam beradi.

O‘smirlik yoshidagi krizisning asosiy belgilari:

15-17 yoshlarida kuzatiladigan “mafkuraviy inqiroz” davrida o‘spirinda turli shaxsiy muammolar birdan ko‘payib ketadiki, bular do‘stga ega bo‘lish, sevish-sevilish, kasb tanlash, o‘qishga kirish, nikoh muammolari, jamiyat talablariga munosib bo‘lish va hokazo. Bu muammolar go‘yoki yoshlarning jamiyatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy muammolardan ongini chalg‘itayotganday bo‘ladi. Aslida o‘spirinlik davrining bu pallasida ular o‘z kelajagi to‘g‘risida ko‘p qayg‘uradi, ertaga kim bo‘lishi, qanday sharoitda yashashi va ijod qilishi, ona Vatani taqdiri ko‘proq qiziqtiradi.

O‘smirda aynan shu yoshda tengdoshlar bilan muloqot va o‘zaro muloqot ehtiyoji ortib borib, ba’zan tengdoshlarining fikri va maslahatlarini ota-ona va o‘qituvchilarning fikridan yuqori qo‘yadi. O‘tish davrida ota-onalar va farzandlar munosabatidagi ro‘y beradigan muammolardan biri bir-birlarini tushunolmay qolishlaridir. Bu ayniqsa, onalarda eng ko‘p e’tiroz tug‘diradi. Ota-ona o‘smir yoshidagi o‘g‘li yoki qizining tashqi ko‘rinishiga, kiyinishiga, xatti-harakatiga nisbatan talabchan bo‘lishi, qattiqqo‘llik bilan nazorat qilishi ular o‘rtasidagi muammolarga sabab bo‘ladi. Buning natijasida bola o‘ziga o‘rnakni chetdan qidira boshlaydi. bu esa o‘z-o‘zidan muammolarning yanada chuqurlashib ketishiga olib keladi. Bunday holatning oldini olish uchun ona farzandining ko‘nglida kechayotgan xis-tuyg‘ularni tushunish, uning so‘zlariga quloq solish, maslahatlar berib yo‘naltirishi va doimo uni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Farzandlar qanchalik ota-onalaridan rad javobini olsalar, yoki ulardagi dunyoqarashni, fikrlarini “qashshoq” deb tasavvur qilsalar, ularning xulq-atvorlaridan qoniqmasalar ularga itoat qilishdan ko‘ra ko‘proq qarshi fikr bildirishlari ustun bo‘ladi.

Яна ўқинг:  Анжир – камқонликда даво

Oiladagi o‘zaro munosabatlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan muhitda ona o‘smir yoshidagi farzandini hissiy-emotsional va ma’naviy jihatlariga kuchli ta’sir etishga yo‘nalgan bo‘ladi. Ota esa irodaviy, aqliy, ijtimoiy jihatlariga ta’sir qila oladi.

Empirik tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, ota-ona o‘rtasida tez-tez nizolar, kelishmovchiliklar chiqib turadigan, oiladagi bolalar o‘rtasidagi (aka-uka, opa-singil va hokazo) nizolar odatiy bo‘lgan oilada tarbiyalangan bolada tajovuzkorlikka moyillik darajasi yuqori bo‘ladi. Chunki, ayniqsa, kichik yoshli bola o‘zgalar o‘rtasida sodir bo‘layotgan nizolar va janjallarga o‘ta sezgir va kuzatuvchan bo‘ladi. Shuning uchun ham oiladagi muomala madaniyati, bola ongiga ilk yoshlikdan singdiriladigan muloqotga oid qadriyatlar uning kelajakda o‘zgalar bilan bo‘ladigan munosabatlarining poydevori sifatida ta’sirga ega bo‘lib, muloqotni to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq.

Tajovuzkorlikni susaytirishning yana bir yo‘li psixologik ibora bilan aytganda “kutilmagan, nomuvofiq ta’sirning qo‘llanilishi” bo‘lib, unga ko‘ra, tomonlardan birining yoki guvohning kutilmagan tarzda ish tutishi vaziyatni o‘zgartiradi. Masalan, yana o‘sha oilaviy nizo, yoki bolalar o‘rtasidagi janjalni olsak. Bunday holatda janjalning tashabbuskori bo‘lgan bolaga onasi kutilmaganda ko‘ngliga tugib yurgan biror sovg‘a hadya qilsa, u qattiq ogohlantirish yoki jazoni kutganida onasining samimiy hazili ham uni beixtiyor fikrlashga va jahlini bosib olishga yordam beradi.

Nigora SHOMUROTOVA,

psixologiya fanlari nomzodi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: